Yil boshidan beri Toshkent shahri masjidlaridagi faoliyatida xato va kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan, mehnat majburiyatlarini yetarli darajada bajarmagan 8 nafar imom-xatib va 10 nafar imom noibi vazifasidan ozod etildi. Yana 4 nafar imom va noibga hayfsan qo‘llandi.
O‘zbekistonda Umra mavsumi 10-sentabrdan boshlanadi. Ziyoratchilar Madinada 3 kun, Makkada esa 7 kun bo‘ladi. Umra xizmatlari narxi bir kishi uchun 16,6 mln so‘m, biroq Haj-Umra markazi narxlar o‘zgarishi mumkinligini ma’lum qildi.
Toshkent islom instituti rektori, siyosiy fanlar doktori Muhammadolim Muhammadsiddiqov Musulmonlar idorasi raisining yoshlar ishlari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Yangi lavozimda u egallab turgan vazifasidan ajralmagan holda faoliyat boshlaydi.
Toshkentdagi “Imom Termiziy” masjidi imom-xatibi Isoqjon Begmatovning “keshbekni o‘ylab topganlar xalq va tadbirkorlarga zulm qilmoqda”, degan fikri e’tirozlarga sabab bo‘ldi. Musulmonlar idorasi bu fikr orqali jiddiy xatoga yo‘l qo‘yilgani, imom oldin ham ogohlantirishlar olgani uchun uni ishdan bo‘shatdi.
Tarmoqlarda juma tabrigi va diniy materiallar tarqatish javobgarlikka sabab bo‘lishi aytilgan xabarlar tarqaldi. Musulmonlar idorasi ularning yolg‘onligini bildirib, juma tabriklarini tarqatishga hech qanday ta’qib yo‘qligini ma’lum qildi. Idora ulashish mumkin bo‘lgan manbalar ro‘yxatini keltirib o‘tdi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Toshloq tumani bosh imomi Shukrullo Egamberdiyevni lavozimidan ozod qildi. Idoraning “Gazeta.uz”ga ma’lum qilishicha, bunga uning so‘nggi 6 oy davomida aholining noroziligiga uchragan videolari sabab bo‘lgan.
Prezident Shavkat Mirziyoyev va Musulmonlar idorasi raisi, muftiy Nuriddin Xoliqnazarov diniy bag‘rikenglikni mustahkamlash, vijdon erkinligini kafolatlash, ta’lim orqali jaholatga qarshi kurashish masalalarini muhokama qildi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi 2023-yilgi Ramazon hayiti 21-aprel, juma kuniga to‘g‘ri kelishi haqida qaror qabul qildi.
Saharlikka uxlab qolgan kishi ro‘zani qanday tutishi kerak, hech narsa yemasdan og‘iz yopish mumkinmi, ro‘zador odam g‘arg‘ara qilsa bo‘ladimi, ro‘zador odam tish pastasidan foydalansa bo‘ladimi — «Gazeta.uz» O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo hay’atining ro‘zaga oid ayrim savollarga bergan javoblarini jamladi.
Toshkentning Olmazor tumanida «Islomobod» jome masjidi ochildi. 2019 yilning oktabrida qurilishi boshlangan masjid xonaqohda 8 ming, hovli va yon-atrofidagi joylar bilan birga 13 ming kishini sig‘dira oladi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Ramazon oyi 23 martdan boshlanishini ma’lum qildi. O‘zbekiston prezidenti «Muborak Ramazon oyini munosib tarzda o‘tkazish to‘g‘risida»gi qarorini imzoladi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi Nuriddin Xoliqnazarov o‘tkazgan yig‘ilishda qator imom-xatiblar ishdan olindi, ayrimlariga hayfsan berildi. Muftiy imom-xatiblarga ijtimoiy tarmoqlarda chiqish qilish odobiga amal qilish va bilim saviyalarini oshirish yuzasidan ko‘rsatmalar berdi.
Ziyovuddin Mirsodiqov «Vaqf» xayriya jamoat fondi raisi etib tayinlandi. U shu paytga qadar Toshkent shahridagi «Bo‘ta buva» jome masjidi imom-xatibi vazifasida faoliyat yuritgan.
Rahmatulloh domla Sayfuddinov o‘z arizasiga binoan Toshkent shahar bosh imom-xatibi vazifasidan ozod etildi. Uning o‘rniga «Abu Saxiy» jome masjidi imom-xatibi Abduqahhor domla Yunusov shahar bosh imom-xatibi vazifasini bajaruvchisi etib tayinlandi.
O‘zbekiston musulmonlar idorasi raisiga yangi o‘rinbosarlar etib Jaloliddin Hamroqulov va Uyg‘un G‘ofurov hamda Toshkent islom institutiga yangi rektor etib Muhammadolim Muhammadsiddiqov tayinlandi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Rossiya-Ukraina urushiga targ‘ibotlar ortidan terroristik tashkilotlar jihodni da’vo qilayotganiga munosabat bildirdi. «Ushbu urushga „jihod“ nomini berish jaholatdan boshqa narsa emas», — deyiladi bayonotda. Idora bunday fitnalarga aralashish shar’an harom ekanligini qayd etdi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Nuriddin Xoliqnazarov o‘z vazifasiga vijdonan yondoshmagan va imomlik maqomiga munosib bo‘lmagan 4 nafar tuman bosh imomi ishdan oldi. Shuningdek, 1 nafariga «hayfsan» intizomiy jazosi berildi.
Toshkentdagi «Aziz ota» jome masjidi imom noibi ijtimoiy tarmoq orqali «samosud»ni yoqlab chiqish qilgani uchun ishdan olindi. Musulmonlar idorasi amaldagi qonunlarga zid ravishda zo‘ravonlikka chaqiruvchi bu kabi chiqishlarni qoraladi.
Musulmonlar idorasi Umra ziyoratini qisman sayyohlik firmalari orqali tashkillashtirish masalasi muhokama qilinayotganligini ma’lum qildi. Ramazon oyidan keyin Umra mavsumining oxirigacha ziyoratchilarning safar xarajatlari amaldagi qiymatda saqlab qolinishi aytildi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi xabar berishicha, Saudiya Arabistonida mehmonxona va boshqa turdagi servislarga talab oshgani, qolaversa, Ramazon oyida tashkil etiladigan «Umra» tadbirlari ham narx-navoga ta’sir ko‘rsatadi. Shunga ko‘ra, har bir ziyoratchi uchun belgilangan summaga qo‘shimcha to‘lov qilinishi mumkin.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting